» » Rossiya strategik tadqiqotlar institutida  Markaziy Osiyo xavfsizligi masalasi muhokama qilindi

Rossiya strategik tadqiqotlar institutida  Markaziy Osiyo xavfsizligi masalasi muhokama qilindi


2018-yilning 3-aprel kuni Rossiya strategik tadqiqotlar institutida “Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligining aktual muammolari va ularni hal etish strategiyasi — Rossiya va O‘zbekiston yondashuvlari” mavzusida Rossiya—O‘zbekiston ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya strategik tadqiqotlar instituti matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi B.B. Ashrafxonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.I. Norov, mazkur institutning ekspertlari, shuningdek, Fanlar akademiyasi tarix instituti, Prezident apparati va Tashqi ishlar vazirligi xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida tomonlar Rossiya—O‘zbekiston munosabatlarining aktual masalalari, Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi, Afg‘onistondagi vaziyat va uning mintaqaviy vaziyatning rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha fikr almashdi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha Rossiya strategik tadqiqotlar instituti va Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish haqidagi kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют