» » O‘zbekistonlik mutaxassislar Garvardda malaka oshiradi

O‘zbekistonlik mutaxassislar Garvardda malaka oshiradi


O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari AQShning Garvard va Taft kabi yetakchi universitetlarida stajirovkadan o‘tadi. Institut direktori Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyaning Qo‘shma Shtatlarga tashrifi chog‘ida bu borada kelishuvga erishilgandi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Institut vakillari Garvardda stajirovkadan o‘tadi, shuningdek, garvardlik mutaxassislar O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun mahorat saboqlari beradi.

Garvard universiteti talabalarini O‘zbekiston bilan yaqindan tanishishlari uchun turkum safarlar tashkil etish imkoniyati ham maslahatlashib olindi.

Ma’lumot uchun, Garvard universiteti dunyodagi eng mashhur va qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, uni 75 nafar Nobel mukofoti laureati va AQShning 8 nafar prezidenti tamomlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют