» » Samarqandda yo‘l harakati xavfsizligi xodimiga pora taklif qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Samarqandda yo‘l harakati xavfsizligi xodimiga pora taklif qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi


2018-yilning 1-sentabr kuni Doston Aktamov Samarqand viloyat IIB YHXB 1-otryad ma’muriy amaliyoti yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi safdor Furqat Ergashevning xizmat xonasiga kelib, Raxmatillo Do‘syarovga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga unga qonunga xilof ravishda pora berishni taklif qilgan.

Furqat Ergashevning bildirgisi asosida, 2018-yilning 1-sentabr kuni soat taxminan 15:00 atrofida Samarqand viloyat IIB va prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Doston Aktamov tegishli hujjatlarsiz boshqaruvida bo‘lgan avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarish evaziga Furqat Ergashevga bevosita pora tariqasida 300 000 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini uning xizmat xonasiga taqdim qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning avgust oyi oxirlarida pora beruvchilarga qarshi e’lon qilinmagan jang boshlangani, ularni tutib bergan xodimlarga moddiy mana’viy rag‘batlantirishlar va’da qilingani, bu ishi ularning mansab pillapoyasidan o‘sishiga yordam berishi haqida ma’lum qilingandi. Doston Aktamov ham pora beruvchilarga qarshi kurash davomida qo‘lga olingan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudya G‘ayrat Negmatov raisligida o‘tgan sud majlisida mazkur jinoyat ishi atroflicha muhokama qilinib sud hukmi chiqarilgan. Sud hukmiga ko‘ra, Doston Aktamov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют