» » O‘zbekistonda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasining vazifalari belgilandi

O‘zbekistonda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasining vazifalari belgilandi


Hukumat qarori bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Qo‘mita markaziy apparati;

Viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;

Angren kon-texnika inspeksiyasi;

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;

“Sanoat xavfsizligi” DUK;

“Kontexnazorato‘quv” DUK;

“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK.

Hududiy boshqarmalar hokimliklardan mustaqildir.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют