» » Indoneziyada “O‘zbekistonga sayohat” nomli fotoko‘rgazma tashkil etiladi

Indoneziyada “O‘zbekistonga sayohat” nomli fotoko‘rgazma tashkil etiladi


Joriy yilning 7—17-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahridagi “Istiqlol” muzeyida “O‘zbekistonga sayohat” nomli foto ko‘rgazma tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu fotoko‘rgazma Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Indoneziyadagi O‘zbekiston turizm elchisixonasi hamda “Istiqlol” muzeyida ma’muriyati bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Fotoko‘rgazma doirasida “O‘zbekiston ulamolar yurti” nomli konferensiya ham bo‘lib o‘tadi.

Fotoko‘rgazmada o‘tgan yil davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan indoneziyalik sayyohlar olgan fotosuratlardan saralangan 100 tasi namoyish etiladi.

Shuningdek, foto ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga joriy yilning 21—23-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan Ziyorat-turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum haqida keng ma’lumot berib o‘tish ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют