» » Andijonda Davlat xizmatlari markazi qurilmoqda

Andijonda Davlat xizmatlari markazi qurilmoqda


Andijonda “Yuksak qurilish savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 qavatli bino qurilishi boshlab yuborildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Prezidentning 2018-yil 8-maydagi “Tuman (shahar) lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida boshlangan bu loyiha foydalanishga topshirilgach, uning birinchi qavatida Davlat xizmatlari markazi faoliyat boshlaydi. Qolgan 6 qavatida esa zamonaviy mehmonxonalar joylashadi.

3000 metr kvadrat maydonga ega bu bino o‘zining sharoitlari bilan minglab fuqarolarga xizmat qilib qolmasdan, arxitekturasi bilan shahar ko‘rkiga fayz kiritishi kutilmoqda.

Andijon, Oltinko‘l, Bo‘z, Buloqboshi, Marhamat tumanlarida ham davlat xizmatlari markazlari uchun ana shunday binolar qurilishi davom etmoqda va ular shu yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют