» » Toshkent shahrida 22 ta davlat notarial idorasiga notarius tayinlandi

Toshkent shahrida 22 ta davlat notarial idorasiga notarius tayinlandi


2019-yil 5-fevral kuni Toshkent shahridagi bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga tanlovlar o‘tkazildi. Notarius lavozimiga tanlovda qatnashish uchun jami 44 nafar nomzod talabgor sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlov natijasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 22 ta davlat notarial idorasiga notarius tayinlandi. Jumladan:

Bundan tashqari, tanlovda yaxshi natija qayd etgan talabgor To‘laganov Ma’rufjon Yoqubjonovich avvaldan vakant bo‘lib kelgan Yunusobod tuman 9-son DNI notariusi lavozimiga tayinlandi.

Tanlovlar ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan yangi tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom bo‘yicha o‘tkazildi.

Tanlovda talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar, fuqarolik huquqi va notariat sohasidagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют