» » Toshkentda PPX xodimi avtomobilni avtobus bekatida qoldirgani uchun jarimaga tortildi

Toshkentda PPX xodimi avtomobilni avtobus bekatida qoldirgani uchun jarimaga tortildi


Toshkent patrul-post xizmati xodimi avtomobilni avtobus bekatida qoldirgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Davlat raqami 01 587 VSF bo‘lgan Nexia rusumli patrul avtomobili fotosurati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingandi.

IIBBning qayd etishicha, patrul avtomobillari O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 19-moddasiga (fuqarolarga tahdid solayotgan xavflarni bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar) ko‘ra zarurat tug‘ilgan taqdirda Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq kelmagan holda ortga qaytish, burilish va to‘xtab turish huquqiga ega.

Bu holatda IIBB tomonidan PPX xodimining qoidabuzarlik sodir etgani sabablarini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazildi va uni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Internetda PPX patrul avtomobili qoidabuzarligi aks etgan fotosurat paydo bo‘lsa, dastlab xodimning qoidabuzarlik sodir etgani sabablari tekshiriladi. Agarda harakatlarni asoslash uchun dalillar bo‘lmasa, xodimga nisbatan boshqa har qanday qoidabuzarga qo‘llangani kabi ma’muriy choralar ko‘riladi”, — deya qayd etdi IIBB.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют