» » Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Manfred Eygen vafot etdi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Manfred Eygen vafot etdi


6-fevral kuni Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Manfred Eygen 91 yoshida vafot etgan, deya xabar beradi “RBK”.

U eng universal nemis tadqiqotchilaridan va ilmiy jamoatchilik vakillaridan biri edi.

Manfred Eygen 1927-yilda Boxumda tug‘ilgan.

24 yoshida doktorlik dissertatsiyasini yozgan va 1967-yilda, 40 yoshida, ultratez kimyoviy reaksiyalar bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqoti uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ushbu mukofot ingliz olimlari Ronald Norrish va Jorj Porterga ham topshirilgan.

Eygen Maks Plank biofizik kimyo institutining asoschisi sanaladi. Tadqiqotchi badiiy adabiyotlar muallifi hamdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют