» » Foto: Oqqondan tuzalishni istab duoga qo‘l ochgan 3 yoshli Behruzjon

Foto: Oqqondan tuzalishni istab duoga qo‘l ochgan 3 yoshli Behruzjon


2016-yil 15-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan Behruzjon ismli bolakayga 2018-yil 11-dekabrda poytaxtdagi Gematologiya markazida o‘tkir limfoblastli leykoz (oqqon, 1-faol davri) tashxisi qo‘yildi. Bu tashxis bolaning ota-onasi va yaqinlari uchun katta zarba bo‘ldi.

Mana bir necha oydirki, Behruzjon boshqa tengdoshlari singari ko‘chada chopqillab o‘ynash, bolalikning bebaho davridan bahra olishdan mosuvo. Bolakayga qo‘yilgan qo‘rqinchli tashxis uning halovati va kulgularini o‘g‘irladi.

Og‘ir dard va dorilarning juda qimmatligi oilaning iqtisodiy ahvolini tang paytda nochor ahvolga solib qo‘ydi. Farzandim tuzalsin, deya uning oilasi qarz-havola qilib bo‘lsa-da, kimyoterapiya yordamida davolanishning birinchi kursini o‘z vaqtida o‘tagan. Behruzjonning ahvolida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Endi bolajonni navbatda o‘ta muhim va jiddiy asosiy to‘rtta va qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovchi to‘qqiztadan, yani 2,5 yildan iborat davolanish kursi kutib turibdi.

Mushtipar ona va yaqinlari qattiq sinov qarshisida qolgan. Shu paytgacha Behruzjonni otasi uning davolanishida qarindosh tanishlardan qaytarib to‘lash sharti bilan qarz olib, jami 50 million so‘mga yaqin miqdorda qarz ham bo‘lib qolgan. Qarzdorlik sabab oilaning tinchi buzilgan.

“Qarindoshlar, yaqinlarimiz va yaxshi insonlar ham imkon qadar yordam berishdi. Lekin hozir juda moddiy tomondan qiynalib qoldik. Dorilari qimmatligi sabab olib berishga imkoniyatimiz yetmay qoldi. Jiyanimning hayotini saqlab qolishimiz kerak. Yaxshilardan jiyanimni kurslarini davom ettirishida, dorilarni olib berishda imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman. Yordam berganlarni bir umr duo qilaman. Hech bandani boshiga bunaqa dard tushmasin”,— deydi bolaning ammasi Shirin Ermatova.

Ayni paytda Behruzjonning batamom davolanish kursini o‘tab, sog‘ayish yo‘liga kirishi uchun endi ularga juda katta mablag‘ zarur bo‘lmoqda. Oilaning bor umidi yaxshi saxovatpesha insonlardan.

Hozir Behruzjon yaxshilarning xolis moddiy ko‘magiga muhtoj. Qilgan xayriyangiz bilan bolakayni tinimsiz og‘riqlar va uyqusiz tunlardan xalos etishingiz mumkin! Bolakayning sog‘lom hayot kechirishiga imkon qadar ko‘maklashaylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Zavodnova Yuliya nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0417 3058 4746

Ammasi Ermatova Shirin nomiga ochilgan plastik karta:

Agrobank: 8600 0417 7282 0297

Agrobankning Toshkent shahar filialida onasi Zavodnova Yuliya

nomiga ochilgan rekzivitlari:

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirganda:

23116000 600000 394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:

23118000 400000 394001

Boshqa tashkilot-firmalardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000 900000 394001

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun otasini pasport ma’lumotlari:

Bahrom Ermatov Bahodirovich

Pasport raqami: AA 3610878

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun ammasini pasport ma’lumotlari:

Shirin Ermatova Bahodirovna

Pasport raqami: AA 1864047

Paynet raqam: +99899 495 45 05

Otasi Bahrom Ermatovning telefon raqami: +99890 808 54 94

Bemor Behruzjonning ammasi Shirin Ermatova ning telefon raqami: +99890 963 64 64



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют