» » Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi bo‘ldi

Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi bo‘ldi


8-fevral, juma kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berdi.

Konferensiya kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiyaga bosh kotib saylashdan iborat edi. Ushbu lavozimga o‘zbek tennisi vakili, bugungi kunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sardori sifatida faoliyat olib borayotgan Iroda To‘laganova nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga saylandi.

Avvalambor ,bildirilgan ishonch uchun minnatchilik bildirmoqchiman. Federatsiyamiz raisi, bosh kotibiga ham rahmat. Aynan ularning qo‘l ostida men Iroda To‘laganova sifatida tanilganman. Bungacha ular tomonidan katta hajmdagi ish olib borilgan. Menga bildirilgan ishonchdan minnatdorman. Federatsiyamiz rivojlanishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilaman

Iroda To‘laganova

Ma’lumot uchun, Iroda To‘laganova tennischilik faoliyati davomida yakkalik bahslarida 3 ta WTF, 3 ta ITF musobaqalarida g‘alaba qozongan. Jahon reytingida 16-o‘ringacha ko‘tarilgan. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali sohibasi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha mazkur lavozimda Igor Shepelev 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют