» » O‘zbekiston Mehnat vazirligining jamg‘armasi yordamida Rossiyaning Zaraysk shahrida bir necha oydan beri komada yotgan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Mehnat vazirligining jamg‘armasi yordamida Rossiyaning Zaraysk shahrida bir necha oydan beri komada yotgan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tomonidan 6-fevral kuni Rossiyada o‘ta og‘ir va yordamga muhtoj holda qolgan fuqaro Boburjon Rasulov O‘zbekistonga olib kelingan. Bu haqda vazirlikka asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Fuqaro Boburjon Rasulov og‘ir tan jarohati oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz bir necha oydan buyon Rossiyaning Zaraysk shahar Markaziy shifoxonasida koma holatida bo‘lib kelgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi sertifikat va O‘zbekistonga yetib kelishi uchun aviachipta taqdim etilgan va mas’ul vakillar yordamida Boburjon Rasulov Namanganga qaytarildi.

“Fuqaroni O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha mablag‘lar jamg‘arma hisobidan qoplandi”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют