» » Adliya vazirligi vakillari Minskdagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Adliya vazirligi vakillari Minskdagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi


Adliya vazirligi delegatsiyasi Belarus poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan “Adliya organlarining huquqiy davlatni shakllantirishdagi roli” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Mazkur konferensiya Belarus adliya vazirligining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Unda Belarus, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya adliya organlari rahbarlari, huquq va xalqaro munosabatlar, advokatura, notariat, parlament sohasidagi dunyoning yetakchi ekspertlari qatnashdi.

Ular tomonidan adliya sohasini rivojlantirishning muhim tendensiyalari ko‘rib chiqildi. Yuridik xizmatlar va mediatsiya sohalarini tashkil etish hamda rivojlantirish bo‘yicha fikr va tajriba almashildi.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov tadbirda O‘zbekistonda sud-huquq tizimida, qonun ustuvorligini ta’minlash, vazirlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusida ma’ruza qildi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Minsk shahar notarial idorasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mahmud Istamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus adliya vaziri Oleg Slijevskiy bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, sud-huquq sohasida tajriba almashishning dolzarb jihatlarini muhokama qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют