» » Turkiya Gyulenning minglab tarafdorlarini hibsga olish uchun order berdi

Turkiya Gyulenning minglab tarafdorlarini hibsga olish uchun order berdi


Turkiyada FETO muxolifat tashkiloti (Fatxullachilar terrorchilik tashkiloti, Anqara, Fatxulloh Gyulen tarafdorlarini shunday deb ataydi) ga qarshi ommaviy operatsiya o‘tkazilmoqda, deya xabar beradi “RBK”.

Operatsiya 76 viloyatga ta’sir qilgan, uning doirasida prokuratura 1112 nafar kishini hibsga olish haqida order taqdim etilgan. Boshqa hech qanday tafsilot yo‘q.

Turk hukumati FETO va uning rahbarini 2016-yilning 16-iyuliga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishiga urunishda aybdor deb hisoblaydi. O‘shanda bir guruh turk askarlari prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘lga olishga urungan. Istanbul va Ankarada yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 248 kishi halok bo‘lgan, ikki mingdan ziyod kishi tan jarohati olgan.

Anqaraga Gyulenni maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida hukumatga qarshi tashviqot olib borgan deb hisoblaydi. 1999-yildan beri Gyulen AQShda yashaydi, Turkiya esa Vashingtondan uni ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют