» » OChL. “Paxtakor” “Eyr Fors”ni mag‘lub etdi, Masharipov va Bikmayev esa super gol urdi

OChL. “Paxtakor” “Eyr Fors”ni mag‘lub etdi, Masharipov va Bikmayev esa super gol urdi


12-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha OChl—2019 musobaqasining 2-saralash bosqichi doirasida “Paxtakor”—“Eyr Fors” (“Al-Quva Al-Joviya”) bahsi o‘z nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida Jaloliddin Masharipov chalqancha usulda gol urib, hisobni ochdi.  Oradan 8 daqiqa o‘tib hujumchi Marat Bikmayev jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2:0). Toshkent klubining 2 ta goliga “Eyr-Fors” jamoasi Hammadi Ahmadning 87-daqiqada kiritgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Paxtakor” Iroq klubini mag‘lub etib, saralashning 3-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, toshkentliklar 3-bosqichda 19-fevral kuni BAAning “An-Nasr” klubiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. Shu orqali Chempionlar Ligasining “D” guruhida ishtirok etadigan jamoa nomi ma’lum bo‘ladi.

OChL—2019

Ikkinchi saralash bosqichi

12-fevral, seshanba

Gollar: 1:0 — 76 Masharipov, 2:0 — 84 Bikmayev, 2:1 — 87 Ahmad.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют