» » O‘zbekistonda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi

O‘zbekistonda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi


Hukumat qarori bilan 2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Adliya vazirligiga Dastur ijrosini monitoring qilib borish vazifasi yuklandi.

Dasturga ko‘ra, 2019-yilda jami 38 ta qonun loyihasining ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, shundan 15 tasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq.

Jumladan, dasturga muvofiq 2019-yilda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют