» » AQShning davlat qarzi tarixiy rekordni yangiladi

AQShning davlat qarzi tarixiy rekordni yangiladi


Qo‘shma Shtatlarning davlat qarzi 22,01 trillion AQSh dollardan oshib, tarixiy rekord qayd etdi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Prezident Donald Trampning hukmronligi davrida davlat qarzi 19,95 trillion dollar ko‘rsatkichdan 2,06 trillion dollarga o‘sgan.

Uning o‘sishiga ta’sir qilgan asosiy omillardan biri 2017-yilning dekabr oyida soliqning pasayganligi bo‘lgan.

AQSh Kongress budjeti joriy moliya yilda 897 milliard dollarlik defitsitga ega bo‘lishini taxmin qilmoqda, bu esa o‘tgan yilgi 779 milliard dollardan 15,1 foizga ko‘pdir.

Ekspertlar 2022-yildan boshlab yiliga o‘rtacha 1 trillion dollardan tushmasligini taxmin qilmoqda.

2018-moliya yilida AQShning umumiy qarzi yalpi ichki mahsulotning 78 foizini tashkil qildi. Hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, 2028-yilga kelib u YaIMning 96 foiziga yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют