» » Toshkentdagi ba’zi universitetlar shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin

Toshkentdagi ba’zi universitetlar shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin


O‘zbekistonning eng mashhur oliygohlaridan biri sanalgan O‘zbekiston Milliy universiteti shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari? Tursun Ahmedov 15-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Ahmedov, shuningdek, Milliy universitet yonida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti ham shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkinligini bildirgan.

“Hozirda shahar me’morchiligi bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganyapmiz. Maqsadimiz – yirik shaharlarda oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari joylashuvini to‘g‘ri tashkil etish. O‘rganishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida universitetlar va ilmiy institutlar odatda shahar tashqarisida yoki atrofida joylashtirilgan.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti ham, balki 5 yil, balki 10 yildan keyindir, shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin.

Talabalar shaharchasi yaqinda obod qilindi, bu albatta quvonarli hol. Lekin mazkur hudud obod qilindi degani universitetlar ko‘chirilmaydi degani emas”, — dedi Ahmedov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют