» » O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi mumkin


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra 2019/2020-o‘quv yili qabulidan boshlab:

Amaldagi tartibni o‘zgartirgan holda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida o‘tkazish;

Eng yuqori ballning 30 foizi va undan yuqori ballni to‘plagan abituriyentlarga fanlar bo‘yicha test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berish hamda ularga uchtagacha ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini tanlashda imtihon fanlari bloki va ketma-ketligining mosligini e’tiborga olish;

Test sinovlarini 2018-yildagi tajribadan kelib chiqib, katta sig‘imli bino va inshootlarda hamda zaruriyatga muvofiq qo‘shimcha binolarda o‘tkazilishini davom ettirish ko‘zda tutilmoqda.

2020/2021-o‘quv yili qabulidan boshlab:

Test fanlari majmuasini ikki bo‘limga ajratib, 1-bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan — ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi, 2-bo‘limga da’vogarlik qilinayotgan ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritish;

Yoshlarning ona tili bo‘yicha savodxonligini oshirish va aniqlash maqsadida yozish ko‘nikmalarini baholash uchun “O‘zbek tili”, “Rus tili”, “Qoraqalpoq tili” fanlari bo‘yicha alohida sinovlarni tashkil etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют