» » Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukrainaning 146 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytiradi

Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukrainaning 146 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytiradi


Yevropa Ittifoqi 15-mart kuni Rossiya va Ukraina janubi-sharqidagi e’lon qilingan respublikalarning 146 nafar fuqarosi, shuningdek, 37 ta tashkilotga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytiradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar vakillarining doimiy kengashi 15-mart kungi navbatdagi majlisda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina qora ro‘yxatining amal qilishini olti oyga uzaytiradi”, — deydi nashr manbasi.

Oxirgi marta Rossiya uchun qora ro‘yxat 15-sentabrda yarim yilga uzaytirilgan edi. O‘shanda ro‘yxatga 146 kishi, jumladan, Rossiya hukumat vakillari, rossiyalik siyosatchilar, biznesmen va kuch tuzilmalar vakillari, shuningdek, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari kiritilgan edi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют