» » Navoiyning “Avoqli” mahallasida 5 yil kutilgan bog‘cha quriladi

Navoiyning “Avoqli” mahallasida 5 yil kutilgan bog‘cha quriladi


Navoiy viloyati Xatirchi tumanining “Avoqli” mahallasida 5 yildan buyon kutilayotgan bog‘cha qurilishiga start berildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rustam Tursunov mahallada tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida aytib o‘tdi, deb xabar beradi jurnalist Dildora Kattayeva.

Xatirchi tumanining “Avoqli” mahallasida bugungi kunda 2700 nafar fuqaro va 620 ta xonadon mavjud. Hududda 587 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar bor. Mahalla raisi Muhiddin O‘rinovning aytishicha, mahalladagi 12 nafar bolagina “Avoqli”dan 7 km uzoqlikda joylashgan Xatirchi tumanining Ko‘ksaroy massividagi bolalar bog‘chasiga boradi. Ularning ota-onalari imkoniyati bo‘lgani uchun farzandlarini yengil atomashinada maktabgacha ta’lim muassasasiga olib borib qaytadi.

“Mahallamizda bolalar bog‘chasi yo‘q. Bu yoshdagi farzandlarimizning ko‘pchiligi uyda o‘tiradi. Kimdir biror yumush bilan ko‘chaga chiqsa bolasini qo‘shnisinikaga tashlaydi, — deydi mahalla fuqarosi Kenjayev Narzullo. — Biz 5–6 yildan buyon shu yerda bir bog‘cha qurish orzusi bilan ko‘plab tashkilotlarga murojaat qildik. Bugun sektorimiz rahbari sayyor qabulda qishloqning 5 yillik orzusi va nihoyat amalga oshayotganini aytdi. Buni eshitib uyda o‘tirgan ayollarimiz ham bog‘cha qurilib, bolasini qo‘yishga joy bo‘lgandan keyin ishga chiqishni, tadbirkorlik qilishni o‘ylamoqda”.

Vazirlar Mahkamasining “2018–2019-yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 892-sonli qaroriga asosan Avoqli qishlog‘ida 75 o‘ringa mo‘ljallangan loyiha qiymati 3,85 milliard so‘m bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi qurish belgilangan. Ayni paytda MTM qurish bo‘yicha ko‘rsatilgan joylar va aholi sharoiti o‘rganilib, dastlabki qurilish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyat IIB boshlig‘i tomonidan tashkil etilgan sayyor qabul jarayonida nafaqat “Avoqli” mahallasida bog‘cha qurish masalasi balki, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, qishloqdagi “Avoqli”, “Tinchlik” va “Navoiy” ko‘chalarini kesib o‘tuvchi yo‘llarni ta’mirlash ishlar bo‘yicha ham mutasaddi tashkilot vakillariga aniq vazifalar taqsimlab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 71) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют