» » Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonalariga 11 ta Cobalt avtomashinasi topshirildi

Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonalariga 11 ta Cobalt avtomashinasi topshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta Cobalt rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi. Bu haqda “Xalq bilan muloqot” guruhi ma‘lum qildi.

Davlat rahbarining joriy yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi.

“Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham ta’minlanishi ko‘zda tutilgan edi. Mana bugun Cobalt rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu rag‘bat zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u yerdagi aholi muammolarini atroflicha o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Sirdaryo viloyati Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Xolmirza Qo‘ldoshyev .

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют