» » Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirildi (foto)

Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirildi (foto)


3-fevral kuni Andijon shahrida O‘zbekiston Prezidentining viloyat hamda shahar-tuman Xalq qabulxonalariga 16 ta Cobalt rusumli zamonaviy xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Andijon viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhratbek Abdurahmonov, shahar va tumanlar Xalq qabulxonalari mudirlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar aholi muammolarini o‘rganish uchun chekka hududlarga ham borish imkonini berishi ta’kidlandi.

- Prezidentimizning joriy yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan zimmamizga bir qator muhim vazifalar yuklandi, — deydi Prezidentning Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamazoir Xo‘jamberdiyev. — Eng asosiysi, 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal etadi. Xodimlarning xizmat avtomobillari bilan ta’minlanishi esa, shubhasiz, faoliyat samaradorligini yanada oshirishga, ayniqsa, chekka qishloqlarga borish va u yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini hal etish imkoniyatini kengaytiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют