» » Ob-havo ma’lumoti: bu hafta iliq va salqin oqimlar kurashadi

Ob-havo ma’lumoti: bu hafta iliq va salqin oqimlar kurashadi


Ertaga, 19-fevral kuni O‘zbekiston hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Faqatgina shimoliy hududlar Volgabo‘yidan kirib kelishi kutilayotgan nam va salqin havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin mamlakatning shimoliy viloyatlarida qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

20-21-fevral kunlari esa Volgabo‘yidan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barcha hududlariga ta’sir qiladi. Xususan, 20-fevral kunlari mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yomg‘ir, qor yog‘adi. 21-fevralda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qor yog‘ishi kutilmoqda. 22-23-fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin chekinishni boshlaydi.

Harorat 20-fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21-fevral kuni kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 22-fevral kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 23-fevralda esa kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют