» » Samarqand shahri markazida noqonuniy qurilgan bino-inshootlar buziladi

Samarqand shahri markazida noqonuniy qurilgan bino-inshootlar buziladi


2018-yilda respublika Bosh prokuraturasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi, Qurilish va Madaniyat vazirliklari hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrining tarixiy markazida yangi qurilgan bino-inshootlar xatlovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.

O‘rganishlar natijasida 2015—2018-yillarda jami 159 obyekt — 75 ta turar joy, 84 ta noturar joy binolari shaharsozlik normalariga to‘liq rioya etilmasdan noqonuniy qurilganligi aniqlandi.

Jumladan, 34 obyektga yer ajratish yoki qurilishga ruxsat berishga oid tegishli hokim qarorlari chiqarilmagan, 73 obyektning loyihalariga ekspertiza, 102 obyektga shaharsozlik kengashi xulosalari olinmagan. Shuningdek, noqonuniy qurilgan obyektlarning aksariyati Madaniyat vazirligi va “ToshboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bilan kelishilmagan holda qurilgan.

Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijasida qurilish normalariga rioya qilmaganliklari uchun 132 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, Samarqand shahar hokimining 56 ta qaroriga protest keltirilgan, 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, noqonuniy qurilgan obyektlarni buzish haqida sudlarga 12 ta da’vo arizasi kiritilgan.

Shuningdek, mazkur 159 obyektning 18 tasi respublika miqyosida, 141 tasi viloyat miqyosida hal etilishi bo‘yicha xulosa tuzilgan.

Bugungi kunda mazkur obyektlarni buzish, qisman buzish, ayrimlarini  Madaniyat vazirligi va “ToshboshplanLITI” davlat unitar korxonasi xulosalarini olgan holda fasadlari ko‘rinishini o‘zgartirish yuzasidan ishlar boshlandi.

Ochiq osmon ostidagi muzey, deya e’tirof etilayotgan Samarqandning tarixiy qiyofasini yaratish uchun Ko‘ksaroy maydonidagi 12 qavatli viloyat kengashlar uyinining balandligini pasaytirish ham taklif etilyapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют