» » O‘zbekistonlik ayol Tojikistonda shafqatsiz qotillik uchun 22 yilga qamaldi

O‘zbekistonlik ayol Tojikistonda shafqatsiz qotillik uchun 22 yilga qamaldi


Tojikistonning So‘g‘d viloyati sudi O‘zbekiston fuqarosi G.A.ni shafqatsiz qotillik uchun 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda Asia-Plus.

Ayol jinoyatni 2018-yil 14-iyul kuni sodir etgan.

“Sudlanuvchi kichik biznes bilan shug‘ullangan. Banklardan qarzi bo‘lganligi tufayli o‘z qo‘shnisi — E.X. ismli keksa ayolni o‘ldirib, uning mulkiga, xususan, tilla taqinchoqlariga ega bo‘lishga qaror qilgan”, — dedi nashr manbasi.

G.A. qo‘shnisini bir bahona bilan uyiga chaqirgan, va orqasidan ikki marta pichoq sanchgan. So‘ng baqirmoqchi bo‘lgan ayolning og‘zini sochiq bilan yopib, boshini yerga ura boshlagan. Natijada qo‘shni ayol boshidan olgan shikastlanishlari tufayli vafot etgan.

O‘zbekistonlik ayol qo‘shnisining barcha tilla taqinchoqlarini yechib olib, o‘zini ko‘rpaga o‘ragan va o‘g‘lining yordami bilan tandirxonaga olib borib, yoqib yuborgan, so‘ng qoldiqlarini hovliga ko‘mib qo‘ygan.

Ayolni qarindoshlari qidirgan, 21-iyul kuni ertalab esa qurbonning iti egasining bosh suyagini uning o‘g‘li yashaydigan uyga olib kelgan. It tufayli huquq-tartibot organlari jinoyat iziga tushib, uni ochgan.

Sudlanuvchi jazo muddatini umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют