» » Gruziyada odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol 12 yil ozodlikdan mahrum etildi

Gruziyada odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol 12 yil ozodlikdan mahrum etildi


15-fevral kuni Batumi shahar sudi o‘z vatandoshini fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan o‘zbekistonlik ayolni 12 yil ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol 2018-yilning yanvarida O‘zbekistonda yashaydigan ayol tanishi bilan bog‘lanib uni Gruziyaga ishga chaqirgan. Ayol rozi bo‘lib, 2018-yilning fevral oyida Gruziyaga keladi va Batumi shahridagi ijaraga olingan xonadonga joylashadi.

Keyinchalik uni Gruziyaga taklif qilgan ayol pasportini tortib oladi va shahar bo‘ylab erkin harakatlanishi ta’qiqlab, fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Undan topgan pullarni esa o‘ziga olib qolgan. Ayol Batumi va Adjariyaning Xelvachaur tumani bo‘ylab tungi klublar, mehmonxona va restoranlarga majburlab olib borilgan.

Politsiya tomonidan jinoyat ishi ochilganda gumonlanuvchi ayol g‘oyib bo‘lgan. 2018-yilning may oyida unga qidiruv e’lon qilingan va 14 kundan so‘ng Axalkali shahrida qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют