» » Farg‘onada nogironligi bor shaxslar va ehtiyojmand oilalarga yangi uy-joylar berildi

Farg‘onada nogironligi bor shaxslar va ehtiyojmand oilalarga yangi uy-joylar berildi


Farg‘onada kam ta’minlangan oilalar vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yangi uy-joylar berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Qo‘qon shahrining Movarounnahr ko‘chasida 71 ta zamonaviy xonadon bunyod etildi. Viloyat hokimligi tomonidan zarur jihozlar bilan ta’minlangan bir va ikki xonali xonadonlar bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolarga sovg‘a qilindi.

Marg‘ilon shahrida ham nogironligi bor, uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand 51 oilaga yangi uy-joylar tantanali ravishda topshirildi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yangi xonadon egalarini qutlab, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatida o‘tgan davr mobaynida 600 nafardan ziyod nogironligi bor fuqarolar uy-joy bilan ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют