» » Bo‘ka tumani hokimi No‘’monali Izbosarov vazifasidan ozod qilindi

Bo‘ka tumani hokimi No‘’monali Izbosarov vazifasidan ozod qilindi


Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hokimi No‘’monali Izbosarov salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Izbosarov o‘rniga Bektemir Ibragimov Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Ibragimov 2010—2013-yillarda Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shundan keyin 2016-yilga qadar O‘rta Chirchiq tumani hokimi vazifasida ishlagan.

2018-yili 12-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Bo‘ka tumani hududidagi “Valixon ota” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirgandi. 13-oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi farmoyishi asosida 5 ta tuman hokimi, xususan Bo‘ka tumani hokimi ham ikki oylik maoshlaridan mahrum qilingan.

Paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli tuman IIB boshlig‘i Ixtiyor Hasanov ishdan olindi. Shu cabab bilan Bo‘ka tumani prokurori va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishdan ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют