» » Qozog‘iston O‘zbekistondan anor mevasini olib kirishni vaqtinchalik taqiqladi

Qozog‘iston O‘zbekistondan anor mevasini olib kirishni vaqtinchalik taqiqladi


19-fevraldan boshlab Qozog‘iston o‘z hududiga O‘zbekistondan anor mevasini olish kelishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Sababi — so‘nggi paytlarda inspektorlar bunday mevalarda zararkunandalar, jumladan, Komstok qurti borligini aniqlagan.

Jumladan, shu yilning so‘nggi oyida O‘zbekiston hududidan karantin obyekti — Komstok qurti bilan zararlangan anor olib kelish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangan.

Ma’lumot uchun, Komstok qurti (Psiudococcus comstocki Huw.) koksidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot bo‘lib, ichki va tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Sababi tanasi oq mumsimon parda bilan qoplangan ushbu qurt o‘simliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, g‘uncha, gullari, mevalariga zarar yetkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют