» » Xiaomi kompaniyasi Mi 9 smartfonini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Mi 9 smartfonini taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi Xitoyda Xiaomi Mi 9 smartfonining taqdimotini o‘tkazdi, deb yozadi Spot.

Kutilganidek, smartfon old panelning 90,7 foiz maydonini egallagan 6,39 dyuymli Full HD+ AMOLED displey bilan jihozlandi. U 600nit yorqinlikka ega va Corning Gorilla Glass 6 himoya shishasi bilan qoplangan.

Qurilmaning ishlashini sakkiz yadroli 7 nm Qualcomm Snapdragon 855 protsessori bilan Adreno 640 videotezlatgichi ta’minlaydi.

Asosiy kamera uchtalik: birinchi sensor — 48 megapiksellik Sony IMX586 bo‘lib, maksimal diafragmasi F/1,75’ga teng. Ikkinchisi — 12 megapiksel (f/2.2 lik teleobyektiv qo‘llangan), uchinchisi esa keng burchakli obyektivga ega 16 megapiksel. Old kamera 20 megapiksel (displeydagi kichkina “o‘yiq” ichiga joylangan).

Bundan tashqari, qurilma 6 Gb operativ va 128 Gbayt ichki xotira, tezda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan (27-W) simsiz zaryadlash imkoniga ega 3300 mAh batareya, ekran osti barmoq izlari skaneri va maxsus MIUI 10 qobig‘idagi ОС Android 9 Pie’ga ega bo‘ldi.

Smartfon qiymati 446 dollardan boshlanadi. Shaffof qopqoqli versiya 595 dollarga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют