» » Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

N.Sayfullayev 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh direktori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston davlat san’at institutining San’atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014-yil martdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016-yil oktabrdan Madaniyat va san’at masalalari shu’basi mudiri lavozimlarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют