» » Germaniyaning Dyusseldorf shahri vokzalida bolta bilan qurollangan erkak 8 kishini yaraladi

Germaniyaning Dyusseldorf shahri vokzalida bolta bilan qurollangan erkak 8 kishini yaraladi


Germaniyaning Dyusseldorf shahri markaziy vokzalida bolta bilan qurollangan erkak 8 kishini yaraladi. Ulardan 3 nafari jiddiy jarohat oldi, deya xabar beradi “TASS”. 

Bild nashriga ko‘ra, erkak vokzalga kelgan poyezdlardan biridan chiqqan va shundan so‘ng olomon orasida boltasini ishga solgan. 

Shimoliy Reyn—Vestfaliya federal yeri politsiyasi Facebook’dagi sahifasiga yo‘lovchilarga hujum uyushtirgan shaxs haqidagi ma’lumotni joylashtirdi. 

“Sobiq Yugoslaviyadan bo‘lgan, Dyusseldorf atrofidagi Vuppertale shahrida yashovchi 36 yoshli erkak. Gumonlanuvchining ruhiyat borasida muammolari bor”, — deyiladi xabarda. 

Huquqbuzar qochishga urinish chog‘i jarohat oldi va kasalxonaga yotqizildi. Politsiya yuz bergan hodisani terrorchilik bilan bog‘lamadi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют