» » Buxoroda mast holatda mashina boshqarib, qozog‘istonlik sayyohni urib yuborgan haydovchiga hukm o‘qildi

Buxoroda mast holatda mashina boshqarib, qozog‘istonlik sayyohni urib yuborgan haydovchiga hukm o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudida velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan qozog‘istonlik turistni urib yuborgan haydovchi ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda tuman sudi raisi Nozimjon Jo‘rayev “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekistonning ko‘hna obidalari va ziyoratgohlarini ziyorat qilish va sayohat qilish maqsadida velosipedda yo‘lga chiqqan Qozog‘iston fuqarosi Muratgali Xojabergenov Buxoro tumaniga yetganda avtohalokatga uchradi. Xojabergenovni Cobalt mashinasini mast holatda boshqarib kelayotgan Muyassar Qobulov urib yuborgan. Qozog‘iston fuqarosi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga olib kelingan va og‘ir tan jarohatlari natijasida shu yerda vafot etgan.

Buxoro tuman “Ko‘chko‘mar” MFY binosida o‘tgan ochiq sayyor sud majlisida 65 yoshli Muyassar Qobulov aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. U Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybdor deb topdi.

Sud Qobulovga nisbatan jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni bartaraf qilganligini jazoni yengillashtiruvchi, mastlik holatida jinoyat sodir etganini esa jazoni og‘irlashtiruvchi holat, deb hisobladi.

Sudlanuvchi Muyassar Qobulovga jazo tayinlashda, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, uning nafaqa yoshida ekanligini, muqaddam sudlanmaganligini, shuningdek, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq bartaraf qilganligini, jabrlanuvchining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar, deb hisoblagan. U 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi va 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют