» » Farg‘ona viloyati Milliy gvardiyasi va Yoshlar ittifoqi o‘rtasida qo‘shma memorandum imzolandi

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiyasi va Yoshlar ittifoqi o‘rtasida qo‘shma memorandum imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi hamkorligida “Fidokor yoshlar kelajagimiz va milliy armiyamizning mustahkam tayanchi” shiori ostida yoshlar anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Sharqiy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar, viloyat hududidagi tuman va shaharlarda faoliyat olib borayotgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va tashkilotlardagi yoshlar ittifoqining 700 nafardan ortiq a’zolari va sardorlari, fidokor yoshlar va jasorat klubi a’zolari ishtirok etdi.

Anjuman yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarga oid davlat siyosati hamda mazkur yo‘nalishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.

Shuningdek, tadbirda harbiy qismning 6 nafar harbiy xizmatchilari harbiy qismdagi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga a’zolikka qabul qilindi va a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyat harbiy qismlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma memorandum imzolandi.

Joylarda barvaqt sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda tashabbus ko‘rsatayotgan yoshlar Milliy gvardiya harbiy qismi komandirining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют