» » Jizzaxda o‘zi uchun ko‘knor yetishtirgan shaxs javobgarlikka tortilgan edi. U sudgacha vafot etdi

Jizzaxda o‘zi uchun ko‘knor yetishtirgan shaxs javobgarlikka tortilgan edi. U sudgacha vafot etdi


Baxmalda Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan shahsga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda Jizzax viloyati sudi matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

A.J Baxmal tumani Yangibog‘ MFYda joylashgan yashash uyi tomorqasidagi 1 kvadrat metr yer maydoniga tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “ko‘knor” giyohvand o‘simligi urug‘ini ekib, parvarishlab, hosilini yig‘ib olib, quritib, xonadon sharoitida qayta ishlab, “opiy” giyohvandlik vositasini tayyorlab, ko‘p miqdordagi 5,81 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini kelgusida o‘zining iste’moli uchun yashash uyida saqlab kelganligi IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir mobaynida aniqlanib, A.Jga tegishli shaxsiy buyumlar saqlanuvchi sandiqdagi maxsi ichiga solingan charm xaltachadagi sellofanga o‘ralgan 5,81 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, A.Jning xonadonidan olingan polietilen bo‘lagiga o‘ralgan, malla-qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, qurimagan holdagi modda tarkibida giyohvand alkaloidlar – morfin, kodein va tebain mavjud bo‘lib, bu modda “opiy” giyohvand moddasi deb atalishi, uning qurimagan holdagi og‘irligi 5,81 grammga tengligi aniqlangan.

Biroq sudlanuvchi A.J yurak ishemik kasalligi natijasida vafot etganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 270-moddasi 2-qismi “a” bandi va 276-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan yuritilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPK 84-moddasi 1-kismi 3-bandiga asosan harakatdan tugatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют