» » Poytaxt transport harakatidagi muammolar bartaraf etiladi

Poytaxt transport harakatidagi muammolar bartaraf etiladi


Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda Turkiyaning “Kalyon Ulastirma” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda transport sohasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan maxsus konsepsiya loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida turk mutaxassislari tomonidan yo‘llarning geometrik dizaynini o‘zgartirish, shahar yo‘llarida bir tomonlama yo‘llar joriy etish, avtobuslar qatnovini hisobga olgan holda alohida avtobus liniyalari joriy etish taklif qilindi.

Bundan tashqari svetofor ishlash ketma-ketligi bir-biriga bog‘liq emasligi sababli, ularni bir sistemada ishlashi uchun maxsus dasturlar o‘rnatish, velosiped va yo‘lovchilar yo‘laklarini rejalashtirish, vertikal va gorizontal yo‘l belgilaridagi kamchiliklarni hisobga olib, ularni tartibga soluvchi tizim yaratish bo‘yicha takliflar berildi.

Mazkur loyiha orqali shahardagi tirbandliklarni oldini olish, transport oqimini bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют