» » Aleksandr Lyakazett “Arsenal”da Robin van Persining natijasini takrorladi

Aleksandr Lyakazett “Arsenal”da Robin van Persining natijasini takrorladi


“Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett Angliya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bahsda “Bornmut” darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi (5:1).

Fransiyalik Angliya premyer ligasining ketma-ket 5 ta uy uchrashuvida gol urgan London klubi tarixidagi 5-futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.

So‘nggi bor ushbu natijaga “Arsenal” sobiq hujumchisi Robin van Persi erishgandi (2011/12-yilgi mavsum).

Aleksandr Lyakazett joriy mavsumda Angliya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют