» » “Barselona” “El-Klasiko”dagi g‘alabalar soni bo‘yicha “Real”ga yetib oldi

“Barselona” “El-Klasiko”dagi g‘alabalar soni bo‘yicha “Real”ga yetib oldi


“Barselona” Ispaniya Kubogining 1/2 finalida mehmonda kechgan javob uchrashuvida “Real”ni mag‘lub etdi (3:0, birinchi uchrashuv — 1:1).

Bu barcha rasmiy uchrashuvlarni hisobga olganda tarixdagi 241-“El-Klasiko” bo‘ldi, deb xabar berdi Pedro Martin o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Mazkur o‘yinda “ko‘k-anor ranglilar” “Real” ustidan qozonilgan 95-g‘alabasini nishonladi. Madrid klubi ham o‘zaro uchrashuvlarda kataloniyaliklarni 95 marta mag‘lubiyatga uchratgan. 51 ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekkan.

“Real Madrid” gollar soni bo‘yicha “Barselona”dan biroz oldinda. “Qirollik klubi” Kataloniya klubi darvozasiga 403 ta gol urgan bo‘lsa, “Barselona” hisobida 393 ta gol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют