» » Shavkat Mirziyoyev Chortoqda barpo etilayotgan yangi sanatoriy bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Chortoqda barpo etilayotgan yangi sanatoriy bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida barpo etilayotgan Chortoq resorts sanatoriy-soglomlashtirish markazi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Sanatoriy qurilayotgan adirlik yaqin-yaqingacha qarovsiz joy edi. Mahalliy tadbirkor va xorijiy investorlarning jami 25 million dollarlik sarmoyasi evaziga bugun bu yerda 15 gektardan ziyod maydonda zamonaviy oromgoh bunyod etilmoqda.

Bu viloyatda tibbiyot turizmi hamda ekoturizmni rivojlantirish uchun qoshimcha imkoniyatlar ochadi. Sanatoriyning yod, brom, tabiiy radon va boshqa minerallarga boy shifobaxsh suvi tayanch-harakat azolari, yurak-qon tomir va asab tizimlari, endokrinologik va teri kasalliklarini davolashda yaxshi samara beradi. Oromgoh 230 orinli boladi. 250 kishi ish bilan taminlanadi.

Markazga ushbu ixtisosliklar boyicha eng malakali shifokorlarni jalb etish, shartnoma asosida germaniyalik mutaxassislar ishtirokida tibbiy koriklar tashkil etish rejalashtirilgan.

Hozirda davolash va yotoq binolari, oilaviy dam oluvchilar uchun kottejlar, standart va lyuks xonalar boladigan mehmonxona barpo etilgan. Hovli va yolaklarni yoritish uchun quyosh panellari ornatilgan.

Oromgohda ippoterapiya yolga qoyiladi. Bu tayanch-harakat azolari va kichik tos kasalliklarini davolashga yordam beradi. Shu maqsadda hozirda otxona, ochiq va yopiq manejlar qurilmoqda.

Shuningdek, soy suvidan samarali foydalanib, baliq yetishtirish maqsadida tortta hovuz barpo etilgan. Ularda sanatoriy oshxonasi uchun baliq boqish bilan birga dam oluvchilarning baliq tutib, hordiq chiqarishi uchun ham sharoit yaratiladi.

Prezident ushbu soglomlashtirish markazida yaratilgan sharoitlarni kozdan kechirdi. Chortoqda yana koplab sanatoriylar tashkil etish, ularni arzon, orta va qimmat tarzda tasniflash orqali aholining barcha qatlamlarini qamrab olish, raqobatni taminlash orqali xizmat narxini tushirish boyicha topshiriqlar berdi.

Bizning mintaqamizda yod tanqis. Shu jihatdan Chortoqning yodga boy suvi xalqimiz uchun juda foydali. Lekin bu joyni kopchilik bilmaydi, bazilar yol uzoqligidan qiynaladi. Shuning uchun mamlakatimizning hamma joyidan, birinchi navbatda, Qoraqalpogiston va Xorazmdan odamlarni bu yerga olib kelish kerak. Xalqimiz, ayniqsa, bolalarimizning salomatligi biz uchun eng muhimi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham soglom zurriyod kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Chortoq mineral water masuliyati cheklangan jamiyati quvvatini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi. Shishaga suv qadoqlashni yiliga 20-30 million donagacha oshirib, ularni yurtimizdagi barcha bogchalar, yozgi oromgohlar, shifoxonalar, ijtimoiy dorixonalar, supermarketlarga yetkazib berish zarurligini takidladi.

Shu yerda Chortoq shahrini ekologik shaharga aylantirish, Jahon banki bilan hamkorlikda orta shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Chortoq markazini qayta qurish, Namangan aeroportini kengaytirish va shaharlararo avtobuslar qatnovini tartibga solish, Har bir oila tadbirkor dasturi asosida aholi bandligini taminlash kabi loyihalar taqdimoti otkazildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-02-2019, 21:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -