» » Jazoirda 40 dan ortiq jurnalist qo‘lga olindi

Jazoirda 40 dan ortiq jurnalist qo‘lga olindi


Ular mamlakatdagi ommaviy axborot vositalaridagi senzuraga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.

“Senzuraga qarshimiz”, “Bunday davom etishi mumkin emas” — ana shunday shiorlar ostida Jazoir poytaxtining markazida namoyish o‘tkazilgan. Unda yuzlab muxbirlar, davlat va xususiy tele va radiostansiyalar xodimlari ishtirok etgan.

Jurnalistlar mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni, xususan, ikkinchi hafta davom etayotgan noroziliklarni xolisona yoritish man etilayotganligidan norozi.

Odamlar 80 yoshli prezident Abdulaziz Buteflikning beshinchi muddatga nomzodini qo‘yayotganidan norozi — u 20 yildan buyon hokimiyatda va yaqinda yurak hurujini boshdan kechirganidan so‘ng davlat rahbari deyarli omma oldiga chiqmaydi, nogironlar aravachasida harakatlanadi, qiyinchilik bilan gapiradi. Biroq, hokimiyat prezidentni tanqid qilishni, rejim o‘zgarishiga qarshi chiqishni taqiqlaydi.

Ushbu siyosatga qarshi norozilik bildirgan 40 dan ortiq jurnalist qo‘lga olingan, keyinchalik esa ozodlikka chiqarilgan.

Jazoir shaharlarida bo‘lib o‘tadigan qarshi namoyishlarda o‘n minglab odamlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular prezident, hukumat va milliy kengash iste’fosini talab qilmoqda. Yangi prezident saylovlari aprelga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют