» » Toshkentdagi “Tet-a-tet” tungi klubida ommaviy mushtlashuv va pichoqbozlik yuz berdi

Toshkentdagi “Tet-a-tet” tungi klubida ommaviy mushtlashuv va pichoqbozlik yuz berdi


Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “Tet-a-tet” tungi klubida 24-fevral kuni soat 23:30 atrofida mushtlashuv va pichoqbozlik yuz bergan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura axborotida og‘zaki kelishmovchilik, mushtlashuv va pichoqbozlik jarayonini izohlashda kamida 11 kishining ismlari keltirilgan. Og‘zaki kelishmovchilikdan so‘ng tungi klub yo‘lagida mushtlashuv boshlangan. Mushtlashuvga boshqalar ham aralashgan.

Mushtlashuv davomida D.A. ismli fuqaro “kuchi yetmaganligi sababli” cho‘ntagidan oshxona pichog‘i chiqarib, dastlab M.M.ning ort tomonidan chap kurak qismiga urib tan jarohati yetkazgan, N.N.ning chap ko‘krak sohasini shu pichoq bilan kesib yuborgan, so‘ng A.T.ning qorin sohasiga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB tomonidan 25-fevral kuni D.A. va uning tanishi J.T.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 26-fevral kuni ularning har ikkisi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda jinoyati ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda

“Umumiy hisobda 13 nafar bola bo‘lgan. Janjalda qatnashganlarning 5 nafari JIDU talabasi bo‘lib, ularning 3 nafari pichoqdan zarar ko‘rgan. Ayblanuvchilarning ikki nafari hech qayerda ishlamaydi, bir nafari muqaddam sudlangan. Jarohatlangan talabalarning ikki nafarining holati o‘rtacha baholanmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil avgustida Yunusoboddagi boshqa bir tungi klubda yuz bergan mushtlashuv va pichoqbozlik oqibatida sportchi Jamshid Kenjayev halok bo‘lgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng ma’ulm muddat tungi klublar faoliyati cheklab qo‘yildi (Kenjayev halok bo‘lgan tungi klubning faoliyati umuman to‘xtatildi), jamoatchilik tomonidan esa O‘zbekiston yoshlariga tungi klublar kerak emasligi haqida fikrlar yangradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют