» » Xivada 3 ta zamonaviy mehmonxona qurilmoqda

Xivada 3 ta zamonaviy mehmonxona qurilmoqda


Xiva shahari yaqinida “Xiva lokomotiv” MChJga qarashli 3 ta zamonaviy mehmonxona qad rostlamoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning dastlabkisi 74 o‘rinli bo‘lib, 41 ta har xil turdagi xonalardan iborat. Bino 2 qavatli bo‘lib, o‘zida milliy me‘morchilik an‘analarini aks ettiradi. Sayyohlarga qulay bo‘lishi uchun mazkur bino temir yo‘l vokzali yonida bunyod etilgan. Hozirdi bu yerda so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi mehmonxonalar Ichan va Dishan qal’a oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 56 hamda 84 o‘rinli. Ushbu inshootlarda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar jahon standarti bo‘yicha joriy etiladi. Xususan, bu yerda yopiq turdagi basseyn va sauna, zamonaviy restoran faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Eng e’tiborli tomoni shundaki, mazkur mehmonxonalardan Ichan qal’agacha piyoda yurib borish mumkin, transportga ham hojat yo‘q.

Bunyodkorlik ishlari yakunlangandan so‘ng bu yerda 85 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, bu yerda temiryo‘lchilar tomonidan “Xiva lokomotiv” istirohat bog‘ini barpo etish ishlari ham qizg‘in davom etmoqda. Bog‘ning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 22 turdagi zamonaviy attraktsionlar  o‘rnatiladi. Hudud ko‘kalamzorlashtirilib, 2500 dan ortiq 14 turdagi manzarali daraxt va gullar ekiladi. Shu bilan birga 3 ta musiqali favvora ham bunyod etiladi. Loyiha doirasida 500 kishilik amfiteatr hamda 0,5 gektar ko‘l ham quriladi.

Yaqin kunlarda dastlabki mehmonxonani foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют