» » “Samarqand go‘zali – 2019” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Samarqand go‘zali – 2019” tanlovi g‘oliblari aniqlandi


Samarqand shahar Yoshlar markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Samarqand go‘zali – 2019” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda 14 nafar 15 yoshgacha hamda 7 nafar 15 yoshdan katta qizlar qatnashdi. Ular milliy, zamonaviy, ertak qahramonlari liboslarida chiqishlar qilib, tanlov shartlarini astoydil bajardi.

— Ushbu tanlov viloyatimizda uchinchi bor o‘tkazilishi, — deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Elyor Ulug‘murodov. — Bu yil g‘oliblarni xolisona baholash maqsadida tomoshabinlar tomonidan qizlarimizga ovoz berildi. Keyingi yillarda tanlovning Respublika bosqichini  o‘tkazishni  rejalashtirganmiz.

Tanlovda Ruxshona Abdullayeva hamda Setora Alijonova Samarqand malikalari deya, e’tirof etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют