» » Karlos Bakka “Yuventus”ga qarshi o‘yindan keyin hakamga hujum qildi, bosh murabbiy Montella hakamni qutqardi

Karlos Bakka “Yuventus”ga qarshi o‘yindan keyin hakamga hujum qildi, bosh murabbiy Montella hakamni qutqardi


10-mart kuni bo‘lib o‘tgan “Yuventus” — “Milan” o‘yini keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Uchrashuvning 93-daqiqasida milanliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi, 95-daqiqada esa bosh hakam Davide Massa ularning darvozasiga penalti qo‘yib berdi.

Shikoyat bilan hech narsaga erisha olmaymiz, bundan foyda yo‘q. Yaxshisi konsentratsiyani yo‘qotmaslik va hakamlar qarori haqidagi fikrlarni uloqtirgan ma’qul. Umid qilishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa esa hakamlarning qachondir “Milan” foydasiga ham adashib turishidir.

Hakamlar doim aytadi, ularda qarzdorlikni qaytarish kabi tushuncha yo‘q. Men aytishim mumkin bo‘lgani esa 10-daqiqadagi penalti 95-daqiqadagisidan katta farq qilishidir.

Bizda oldinga o‘tib olish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Namoyish qilayotgan futbolimiz o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirib boradi. Shunday ekan, yevrokuboklar uchun kurashni davom ettiramiz.

Yetakchidan nima sababdan katta farq bilan ortdamiz? Chunki “Yuventus” har doim yutadi, biz esa yo‘q. Ularda zaxira o‘rindigi ancha uzun, futbolchilar g‘alaba ruhida yonadi. Biz ham shu yo‘lda ish olib bormoqdamiz va umid qilamizki, bunga erishamiz ham.

Vinchentso Montella, “Milan” bosh murabbiyi

Uchrashuvdan keyin milanliklardan gol muallifi Karlos Bakka va shu kuni bir qator seyvlari bilan jamoasi joniga oro kirgan Janluiji Donnarumma hakamlardan ochiqchasiga norozi bo‘ldi.

Keyinroq Bakka maydonni tark etayotgan hakamlarga hujumga o‘tdi. Hakamning baxtiga bu vaziyatda bosh murabbiy Montella paydo bo‘ldi va o‘z shogirdiga o‘shqirib, uni itarib yubordi. Mazkur video mana shu havolada aks etgan.

Hammaning o‘z harakteri bor. Bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘rayman. Bakkaning o‘zini bunday tutishi kechiriladigan holat emas.

Hakam penalti borasidagi barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi haqida aytib o‘tdi. Aytishlaricha, u vaziyat bo‘lgan nuqtadan uzoqda bo‘lgani uchun penalti bor yoki yo‘qligini yaxshi ko‘rmagan ham.

Vinchentso Montella, “Milan” bosh murabbiyi

Darvozabon Donnarumma esa muxbirlardan biriga intervyu berdi va so‘zining yakunida “Milan” muxlislari o‘tirgan sektorga yuzlanib, jamoa logosini o‘pib qo‘ydi.

Bunday bo‘lishi kerak emas. Ular har doim shunday qilishadi!

Janluiji Donnarumma, “Milan” darvozaboni

Qayd etish kerak, turinliklar aynan Donnarummani yoshi o‘tib borayotgan Janluiji Buffonga o‘rinbosar sifatida ko‘rib keladi.

Mazkur uchrashuvda 1 ta gol o‘tkazib yuborgan Buffon A seriyadagi o‘yinlar soni bo‘yicha Franchesko Tottidan o‘zib ketdi. Endilikda Totti 612, Buffon esa 613 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib turibdi. Bu borada A seriyaning ikkinchi ko‘rsatkichi “Inter” sobiq a’zosi Xavyer Zanettiga tegishli — 615 ta uchrashuv. Yetakchi esa “Milan” afsonasi Paolo Maldini — 647 o‘yin.

Men penalti tepilayotganda allaqachon tunnel orqali yechinish xonasiga kirib ketayotgandim. Dibalaga qoyil, uchrashuv davomida bir qator seyv qila olgan Donnarummani ojiz qoldirish oson ish emasdi.

Men hakamlarni hech qachon muhokama qilmayman. Ularning qarorlari mening jamoam foydasiga ishladimi yoki yo‘q — muhim ham emas. Hakam vaziyatga yaqin edi. Penalti faqatgina uning qarori, bu futbol.

Bugun biz g‘alabaga haqliroq edik. Chunki umumiy planda olib qaraganda “Milan”dan yaxshiroq o‘ynadik. Raqib hech qachon taslim bo‘lishni istamaydigan klub edi, ular uchrashuv davomida yaxshigina bosim uyushtira olishdi.

Asosiysi, biz yaxshi futbol ko‘rsatdik va ketma-ket oltinchi skudetto uchun yanada yaqinlashdik.

Massimiliano Allegri, “Yuventus” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (11-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют