» » Asakada o‘gay buvisini urib o‘ldirgan shaxs 9 yilga qamaldi

Asakada o‘gay buvisini urib o‘ldirgan shaxs 9 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudida oktabr oyi oxirida mast holatda 82 yoshli o‘gay buvisini urib o‘ldirgan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi sobiq xodimi I.N.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi matbuot xizmati xodimi Kamronshox Rasulov “Daryo”ga xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudyasi T.Vahobovning ma’lum qilishicha, sud jarayonida sudlanuvchi I.N. 2018-yilning 31-oktabr kuni soat 20:30 larda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda Asaka tumani Chek mahallasi, To‘ramchek ko‘chasida joylashgan yashash xonadoniga kirayotgan vaqtida shu xonadonda birga yashovchi o‘gay buvasi 1936-yilda tug‘ilgan Tojixon Jo‘raxonova uni kelayotganligini ko‘rib turib darvozani berkitmoqchi bo‘lganidan jahli chiqqan. Shundan so‘ng qasddan badaniga shikast yetkazish maqsadida qo‘li bilan darvozani zarb bilan urib ochishi natijasida eshik Tojixon Jo‘raxonovaga tegib, yerga yiqilgan. Shuningdek, tergov va surishtiruv ishlari davomida unga yordam berish o‘rniga ojiz ahvolda ekanligidan foydalanib, sochlaridan ushlab, sudrab uy ichiga olib kirib, uning yuz va badan sohalariga qo‘l va oyoqlari bilan qasddan urib, tepgani aniqlangan.

Qariya, ojiz ahvolida o‘zini-o‘zi himoya qila olmasligini bilsa-da, ertasi kuni ertalabga qadar unga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘la turib birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatmagan.

Shuningdek, viloyat sud-tibbiy ekspertizasining 2018-yil 19-noyabrdagi xulosasida sud-tibbiy tekshiruvida o‘pka, bel sohasi teri ostiga, ikkala ko‘z oqiga, bosh miyaga va yumshoq to‘qimasiga qon quyilishi, ko‘krak qafasi yopiq shikasti, qovurg‘alarni ikki tomonlama turli chiziqlar bo‘ylab ko‘plab sinishi, chap dumba sohasi, oyoq sohalarida shilinmalar aniqlanib, bu tan jarohatlari marhuma o‘limidan oldin bir vaqtning o‘zida inson qo‘l va oyog‘i zarbalari natijasida yetkazilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Jo‘raxonova jarohat olganidan so‘ng tezda tibbiy yordamga olib borilganida uning hayotini saqlab qolish imkoniyati yuqori bo‘lishi bildirilgan.

Sudlanuvchi I.N. tug‘ilgandan so‘ng onasi otasi bilan ajrashgan. I.N. uch yoshligida uning onasi Asaka tumani Chek mahallasida yashovchi J.Jo‘raxonovga turmushga chiqqan. I.N. ushbu xonadonda o‘gay otasi va o‘gay buvisi bilan birga yashay boshlagan. O‘gay buvisining yana bir o‘g‘li bo‘lib, ya’ni amakisi A.Jo‘raxonov alohida uy-joy qilib chiqib ketgan. 2016-yilda I.N.ning o‘gay otasi vafot etgan. I.N.ning suddagi so‘zlariga ko‘ra, uning o‘gay buvisi va amakisi ularni uydan chiqarib yuborish maqsadida onasi bilan janjallashib kelgan va otasi boshqaligi tufayli doimiy haqorat qilib kelgan.

— 2018-yilning 31-oktabr kuni ishdan qaytib kelganimda qo‘shnim o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga taklif qildi, — deydi sudlanuvchi. – U yerda mehmonlar bilan gaplashib o‘tirdim. Biroz spirtli ichimlik ichdik. Kech bo‘lgach uyga qaytdim. Darvozaga yaqinlashganimda ichkarida buvim meni kelayotganligimni bilib haqoratlashni boshladi. Shu payt eshikni sim bilan berkitayotganligini ko‘rdim. Achchig‘im chiqib darvoza kirish eshigini qattiq urdim. Buvimning yuziga tegdi va u yerga yiqildi. Shunda boshqa otadan bo‘lganligimni aytib haqorat qildi. Bu gaplarni eshitib jahlim chiqib, sochidan ushlab, sudrab uyga olib kirib urdim. Turmush o‘rtog‘im qo‘limdan ushlab tinchlantirishga harakat qildi. Buvim qarg‘ab yotganligi sababli o‘lmaydi deb o‘ylab ertalabga qadar xabar olmadik. 1-noyabr kuni ertalab soat 6:30 larda uyqudan turib nonushta qilib, ishga chiqdim. 10:30 larda buvim o‘lganligini eshitdim. O‘ldirish maqsadim bo‘lmagan, qilmishimdan pushaymonman.

Sudlanuvchi I.N. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi.

Sud, davlat ayblovchisining xulosasini, jabrlanuvchining qonuniy vakili A.Jo‘raxonov, sudlanuvchi I.N.larning ko‘rsatuvlarini, himoyachi advokatlarning fikrlarini eshitib, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, sud I. N.ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi), 117-moddasi 2-qismida (Xavf ostida qoldirish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, JKning 59-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Biroq jabrlanuvchining qonuniy vakili A.Jo‘raxonov hukmdan norozi bo‘lib, apellyatsiya tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi apellyatsiya instansiyasiga qayta ko‘rib chiqishni so‘rab shikoyat bilan chiqdi. Ayni paytda jinoyat ishi viloyat sudidi ko‘rib chiqishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют