» » YChL. “Manchester Yunayted” PSJ maydonida mo‘jiza ko‘rsatishga harakat qiladi, “Portu” esa “Roma”ni mehmon qiladi

YChL. “Manchester Yunayted” PSJ maydonida mo‘jiza ko‘rsatishga harakat qiladi, “Portu” esa “Roma”ni mehmon qiladi


6-mart, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi 2 ta javob uchrashuvi o‘tkaziladi.

Mazkur bosqichning markaziy o‘yinlaridan biri Parij shahrida joylashgan “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Tomas Tuxel boshqaruvidagi PSJ klubi Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” mazkur bosqichning o‘z maydonida kechgan bahsida parijliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Shu kuni Italiyaning “Roma” klubi esa safarda Portugaliyaning “Portu” jamoasi bilan musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, rimliklar o‘z uyida kechgan bellashuvda raqiblarini kichik hisobda yutgandi (2:1).

YChL

1/8 final bahslari

6-mart, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют