» » Superliga boshlanmasdan oldin taqvimda o‘zgarish: “Paxtakor”—“Lokomotiv” uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirildi

Superliga boshlanmasdan oldin taqvimda o‘zgarish: “Paxtakor”—“Lokomotiv” uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirildi


O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”—“Lokomotiv” uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirildi. Bu haqda PFL xabar berdi.

Uchrashuv 8-mart, juma kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. “Paxtakor” jamoasining murojaatiga asosan Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”—“Lokomotiv” uchrashuvi 16-mart kuniga ko‘chirildi. Bunga 11-mart kuni “Lokomotiv” Qatarda “Al-Rayyan” mehmoni bo‘lishi, 12-mart kuni esa “Paxtakor” o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasini qabul qilishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 1-turida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Al-Vahda”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang natijani qayd etdi (1:1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют