» » Lukashenko Rossiya OAVlarini yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi

Lukashenko Rossiya OAVlarini yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya OAVlarini xabarlarni, kontekstdan ajratilgan holda noto‘g‘ri talqin qilib tarqatishda aybladi, deb xabar berdi “Tengrinews”.

“Bu ayniqsa katta suhbatdan so‘ng yaqqol ko‘zga tashlandi. Soxta yangiliklar, tendensiyali fikr bayoni, ayniqsa Rossiyada mening bayonotlarimni kontekstdan uzilgan holda har kim o‘zi xohlagandek talqin qilishi kuzatildi”, — degan davlat rahbari.

Misol tariqasida Rossiya bilan yagona valyutani joriy etish imkoniyati haqidagi fikrning Belarus rahbari tomonidan rozilik sifatida talqin qilinganini keltirib o‘tgan.

“Bunga rozi bo‘lish uchun avval taklif bo‘lishi kerak. Agar yagona rublni joriy etish taklif qilinsa, bunga rozi bo‘lish ham, rad etish ham mumkin. Lekin menga ham, Belarusga ham hech kim bu taklifni bildirmadi. Men shunchaki jurnalistlar savoliga javob bera turib, agar shunday taklif bildirilsa Belaruslar yangi rubl joriy etilishiga mutlaqo qarshi emasligini aytib o‘tganman”, — degan Aleksandr Lukashenko.

Rossiyada bu boshqacha talqin qilinib tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Ularning maqsadi Lukashenkoni integratsion jarayonlarga zarba berishda ayblash.

Aslida esa Belarusda hech kim va birinchi o‘rinda Lukashenko integratsion jarayonlarga qarshi chiqmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют