» » Buxoroning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi paydo bo‘ladi. Ustalar uchun ikki qavatli uylar quriladi

Buxoroning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi paydo bo‘ladi. Ustalar uchun ikki qavatli uylar quriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida an’anaviy hunarmandlik ustaxonalarini jamlagan ikki qavatli uylardan iborat hunarmandlar mavzesini qurish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident Buxoro tarixini, qadimiy bozorlarini tiklash, hunarmandlar mavzesiga sayyohlarni keng jalb qilish, bu yerda kechki sayr imkoniyatini yaratish, milliy hunarmandlik an’analari va ko‘ngilochar dasturlarni namoyish qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi Poyi Kalon majmuasida bo‘ldi. Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi qayta ta’mirlanadi

O‘zAning xabar berishicha, ikki tomonda hunarmandlik do‘konlari joylashgan yo‘lak bo‘ylab borar ekan, Shavkat Mirziyoyev mazkur yo‘laklarni kengaytirishni, do‘konlarni ikki qavatli qilib qayta qurish lozimligini ta’kidladi.

Ikkinchi qavatda hunarmand ustalar yashasa, birinchi qavatda ularning do‘kon va ustaxonalari joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu yerda mahsulotlarni tayyorlash va sotish jarayoni uyg‘unlashtirilishi kerak. Rubob tayyorlayotgan ustani, gilam yoki gazlama to‘qiyotgan hunarmandni ish ustida ko‘rgan har qanday odam zavqlanadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident hunarmandlik bozorini tartibga keltirishni, milliy an’analar aks etgan, zamonaviy rastalar qurishni taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют